Akademik litsey yangilikalri
ODTI akademik litesyi
Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Olmaliq davlat texnika instituti akademik litseyida ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Hashar jarayonida akademik litsey o‘qituvchilari, xodimlari hamda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash hamda daraxt va gul ko‘chatlarini ekish ishlarini amalga oshirdilar. Amalga oshirilgan ishlar ta’lim maskanining yanada ko‘rkam va obod bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar jamoada hamjihatlik, birdamlik va yurtga mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi. Obod yurt – farovon kelajak garovi! Bunday ezgu tashabbuslar jamoada hamjihatlik, birdamlik va yurtga mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi. Obod yurt – farovon kelajak garovi!
Akademik litsey haqida
ODTI akademik litesyi
Olmaliq davlat texnika instituti akademik litseyi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ–4910-son qaroriga asosan Toshkent viloyati Angren shahar hokimining 2021-yil 30-maydagi 595-sonli qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq huzuridagi akademik litseyi nomi bilan 2021/2022-o‘quv yilidan faoliyatini boshlagan.
Akademik litseyda jami 14 nafar o`qituvchi asosiy shtatda faoliyat yuritmoqda. Shundan 3 nafari (21,4%) yetakchi o`qituvchi, 3 nafari (21,4%) katta o‘qituvchi, 7 nafari (50%) oliy ma’lumotli o‘qituvchi hamda 1 nafari (7,1) o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi toifasiga ega. O‘qituvchilarning 1 nafari xalqaro va 4 nafari milliy sertifikatga ega. Shuningdek, 9 nafar o`qituvchi soatbay asosida faoliyat yuritmoqda. Akademik litseyning 2 ta ta`lim yo`nalishida (aniq fanlar-1, aniq fanlar-2) jami 151 nafar (87 nafar o`g`il, 64 nafar qiz) o`quvchilar ta’lim olishmoqda. O‘quv jarayoni davlat ta’lim standarti asosida tashkil qilingan. Akademik litsey o‘quv xonalari to‘g‘ri jihozlanmagan. O‘qituvchilarning darsga tayyorgarligi qoniqarli. O‘qituvchilarning turli xil o`quv adabiyotlari va Internet ma`lumotlaridan foydalanish darajasi qoniqarli, asosan chuqurlashtirilgan fanlarga oid to‘plamlar, elektron darsliklar va test to‘plamlaridan foydalanib dars o‘tmoqda. Akademik litsey bitiruvchilarining oliygohlarga o`qishga kirish ko`rsatkichlari so`nggi 3 yilda 86%, 88%, 90% ni tashkil etgan.
Bizning statistika
2023 yil - 86%
Bitiruvchilar - 44
OTM ga kirganlar - 38
2024 yil - 88%
Bitiruvchilar - 48
OTM ga kirganlar - 42
2025 yil - 90%
Bitiruvchilar - 73
OTM ga kirganlar - 60
Akademik litsey rahbaryati
Akademik litsey direktori
Uboydullayeva Yulduz Abrorojonva
O`quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari
Mirsobitov Mirjuman Ilxomjonovich
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o`rinbosari
Unayev Aqliddin Raximberdievich
Bizning kontakt
Uboydullayeva Yulduz Abrorojonva
Oliy, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika instituti 2008-yil
Diplom bo`yicha mutaxasisligi- Tarix
Mirsobitov Mirjuman Ilxomjonovich
Ma`lumoti-Oliy Bakalavr, Toshkent Davlat Texnika Universitetini 2013-yilda tugatgan. Magistraturani - Toshkent Davlat Texnika Universitetida 2020-yilda tugatgan
Diplom bo`yicha mutaxasisligi- Elektr texnikasi elektr texnologiyasi va elektir mexanikasi, Muhandis-issiqlik energetikasi
Unayev Aqliddin Raximberdievich
Ma`lumoti-Oliy, Toshkent Viloyat Davlat Pedagogika Institutini 2002-yil tugatgan
Diplom bo`yicha mutaxasisligi- Boshlang'ich ta'lim va odobnoma